Rafael Nadal «Real» prezidenti bo‘ladimi?

«Katta dubulg‘a» turnirlarining 22 karra g‘olibi, jahonning sobiq birinchi raqamli raketka ustasi bo‘lgan ispaniyalik tennischi Rafael Nadal Madridning «Real» futbol klubi prezidenti bo‘lishi ehtimoliga oid savolga rasmiy munosabat bildirdi.

– «Real» klubida o‘z ishining ustasi bo‘lgan prezident bor va hozircha yangisining zarurati yo‘q. Kelajakda bizlarni nima kutayotganini hech kim bilmaydi. Umuman olganda, ha, bunday taklif men uchun qiziq va ruhlantiruvchi chaqiriq bo‘lishi mumkin. Ammo avvalo bunday mas’uliyatli vazifaga tayyor ekanimni aniq bilishim kerak. Men bunga rozi bo‘larmidim? Ehtimol, ha. Bu bir vaqtlar prezidentlik lavozimini ko‘rib chiqishim mumkinligini anglatadimi? Bunga aniq javob bera olmayman. Bu men uchun hozircha uzoq va murakkab vazifa bo‘lib ko‘rinadi, biroq hayotda hech narsani oldindan aytib bo‘lmaydi, — deya Nadalning fikrlarini keltirmoqda Mundo Deportivo nashri.

Eslatib o‘tamiz, taniqli tennischi «Real» klubining ashaddiy muxlisi sifatida ham yaxshi tanilgan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter