FIDE Jahon kubogi: Javohir Sindarov durang o‘ynadi, Yoqubboyev esa yutqazdi

Hindistonning Goa shahrida bo‘lib o‘tayotgan shaxmat bo‘yicha jahon kubogi musobaqasi final va 3-o‘rin uchun bahslar boshlandi.

Javohir Sindarov bugun oq donalarda xitoylik Vey Yiga qarshi ilk o‘yinni o‘tkazdi. Tomonlar bahs davomida teng o‘yin olib borishdi hamda 50-yurishga kelib durangga imzo chekishdi.

Uchinchi o‘rin uchun kechgan Nodirbek Yoqubboyev ilk uchrashuvda rossiyalik Andrey Yesipenkoga imkoniyatni boy berdi. Ushbu partiyada ham vaziyat mutlaqo teng edi. Ammo 30-yurishga kelib, hamyurtimizda kam vaqt qolgani uchun bo‘lsa kerak, xatolarga yo‘l qo‘ya boshladi. 38-yurishga kelib raqib Nodirbekning Otini «qo‘lga tushirish»ga muvaffaq bo‘ldi. Natijada vatandoshimiz o‘z mag‘lubiyatini tan oldi.

Ertaga shaxmatchilar o‘rtasida klassik formatda javob o‘yinlarini o‘tkazishadi.

Manba: stadion.uz

Yangilik manbasi — https://stadion.uz/

Чип Стэплтон
Копирайтер