Flik: «Jarohatlardan shikoyat qilmayapmiz»
«Barselona» bosh murabbiyi Xans-Diter Flik jamoaning holati haqida gapirdi.
«Men ijobiy kayfiyatdaman, barcha futbolchilarimizga ishonaman. Bizda yaxshi futbolchilar ko‘p – jarohatlardan shikoyat qilmaymiz. Bor narsaga e’tibor qaratish va ishlashda davom etish kerak,» – dedi Flik o‘yindan keyingi OAV bilan suhbatda.
Seshanba kuni «Barselona» Chempionlar ligasida «Chelsi» mehmoni bo‘ladi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/