Leau «Milan»ning «Inter» bilan derbisi haqida gapirdi
«Milan» hujumchisi Rafael Leau «Inter»ga qarshi bo‘lajak o‘yin haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
Milan derbisi yakshanba kuni A Seriya 12-turi doirasida bo‘lib o‘tadi.
«O‘yinga eng yaxshi tarzda tayyorgarlik ko‘rmoqchimiz, chunki gap derbi haqida ketmoqda. «Inter» – ajoyib tarkibga ega juda kuchli jamoa. Bu biz uchun turnir jadvali cho‘qqisiga ko‘tarilish uchun yaxshi imkoniyat. O‘ziga xos o‘yin kayfiyati hozirning o‘zidayoq sezilmoqda,» – dedi Leau CBS Sports bilan suhbatda.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/