Sport.es: «Barselona» sardori «Beshiktosh»ga o‘tishi mumkin
«Beshiktosh» «Barselona» hamda jamoa darvozaboni va sardori Mark-Andre ter Shtegenning atrofidagi agentlar bilan bog‘lanib, uni turk klubiga o‘tishga ko‘ndirishga uringan. Bu haqda Sport.es xabar berdi.
Manbaning ma’lumotida aytilishicha, «Beshiktosh» nemis darvozabonini yaqinlashib kelayotgan qishda shu mavsum oxirigacha ijaraga olishni istamoqda. Turkiya klubi ter Shtegen maoshining bir qismini o‘z zimmasiga olishga tayyor.
Hozircha 33 yoshli futbolchi «Barselona»dagi kelajagi borasida qaror qabul qilmagan. Ter Shtegen ayni vaqtda jarohatdan tiklanishni davom ettirmoqda. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil yozigacha mo‘ljallangan.
Manba: championat.com
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/