Bellingem ham Alonsodan norozi
Madridning «Real» klubi yarim himoyachisi Jud Bellingem bosh murabbiy Xabi Alonso bilan ishlayotganidan unchalik xursand emas.
Angliyalik futbolchi murabbiy va jamoa o‘rtasidagi ziddiyatlarning asosiy manbai hisoblanadi, deb yozadi jurnalist Inyaki Angulo. 22 yoshli xavbek ispan boshqaruvidagi rolidan qoniqmayapti.
Xabi Alonso joriy yilning yoz oyi boshida Karlo Anchelotti o‘rnini egalladi. «Real» La Liga 12-turidan keyin 31 ochko bilan 1-o‘rinda bormoqda va 2-o‘rindagi «Barselona»ni 3 ochkoga ortda qoldirmoqda.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/