«Barselona» darvozaboni Garsiya: «Kamp Nou»da Messining paydo bo‘lishini hech kim kutmagandi»
«Barselona» darvozaboni Joan Garsiya klub afsonasi Lionel Messining yaqinda tashrif buyurgani haqida gapirdi. Argentinalik futbolchi kutilmaganda «Kamp Nou»da paydo bo‘lib, barchani, jumladan, Kataloniya grandi vakillarini ham hayratda qoldirdi.
«Hech kim Messining yangilangan «Kamp Nou»ga tashrif buyurishini kutmagandi, ammo u buni ajoyib tarzda amalga oshirdi. Garchi unchalik ahamiyat bermasak-da, kiyinish xonasida muhokama qildik. Umid qilamanki, u bir kun kelib klubga qaytadi, men u bilan o‘ynashni xohlardim. Ammo bu qanchalik haqiqat ekanini bilmayman,» – deya Garsiyaning so‘zlarini keltiradi Managing Barca.
Lionel Messi 2021 yilda «Barselona»ni tark etgandi. Ayni paytda 38 yoshli forvard «Inter Mayami» sharafini himoya qilmoqda.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/
