Gvardiola murabbiy sifatida nechta g‘alabaga erishgan?
APL 11-turidan o‘rin olgan «Manchester Siti» – «Liverpul» (3:0) uchrashuvi Pep Gvardiolaning murabbiylik faoliyatidagi 1000-o‘yin bo‘ldi. U 2007 yildan beri ishlaydi.
Ispaniyalik «Barselona B» bilan 42 ta, «Barselona»ning asosiy jamoasi bilan 247 ta, «Bavariya» bilan 161 ta va «Manchester Siti» boshqaruvida 550 ta o‘yin o‘tkazgan.
Gvardiola 1000 ta jangda 716 ta g‘alabaga erishgan. Shuningdek, u 156 ta durang va 128 ta mag‘lubiyatga ega.
Bu vaqt ichida mutaxassis 39 ta sovrinni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldi, shu jumladan 12 ta mamlakat chempionligi (Ispaniya, Germaniya va Angliya). Bundan tashqari, u uch marta Chempionlar ligasida g‘olib chiqdi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/
