Shaxmat. Sindarov va Yoqubboyev jahon kubogidagi yurishini davom ettiradi

Hindistonning Goa shahrida bo‘lib o‘tayotgan shaxmat bo‘yicha jahon kubogi musobaqasida bugun 4-bosqichga start beriladi. Kecha esa 3-bosqichning tay-brek bahslari bo‘lib o‘tdi.

Nodirdek Yoqubboyev chexiyalik Van Nguyenga qarshi klassik partiyalarda ikkita durang qayd etgani uchun shaxmatchilar kecha rapid formatidagi tay-brek bahslarida ishtirok etishdi. Hamyurtimiz har ikkala o‘yinda g‘alabani qo‘lga kiritib, 4-bosqichga yo‘l oldi.

Javohir Sindarov esa klassik partiyalar yordamida 4-bosqich masalasini hal qilgan bo‘lsa, Nodirbek Abdusattorov va Shamsiddin Vohidov musobaqani 3-bosqichdan tark etishdi.

Hamyurtlarimizning 4-bosqichdagi o‘yinlari:

Javohir Sindarov – Yu Yangyi (Xitoy)
Nodirbek Yoqubboyev – Pranav Vantekash (Hindiston)

Manba: stadion.uz

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter