«Arsenal»ning g‘alabali seriyasi uzilib qoldi

«Arsenal»ning g‘alabali seriyasi barham topdi.

Bugun Mikel Arteta jamoasi APLning 11-turida «Sanderlend»ga qarshi bahs olib bordi va 2:2 hisobida durang qayd etdi.

Bungacha London klubi ketma-ket 10 ta o‘yinda umumiy 21:1 hisobida zafar quchgan edi. «Kanonirlar»da 31 avgustdan beri mag‘lubiyat yo‘q – o‘shanda ular «Liverpul»ga yutqazishgandi (0:1).

23 noyabr kuni «Arsenal» «Tottenxem» bilan derbi o‘tkazadi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter