«Barselona» futbolchisi Chempionlar Ligasi o‘yinidan keyin shifoxonaga yotqizildi

«Barselona» himoyachisi Erik Garsiya Chempionlar Ligasi 3-turidan o‘rin olgan «Bryugge»ga (3:3) qarshi o‘yin oxirida jarohat oldi. 24 yoshli futbolchi 93-daqiqada zaxiraga olindi – uning burni singan ko‘rinadi. Barca Universal xabariga ko‘ra, ispaniyalik final hushtagidan so‘ng shifoxonaga borishga majbur bo‘lgan, biroq bundan oldin u jurnalistlar bilan suhbatlashishga ulgurgan.

– Ha, menimcha, burnim singan. Ko‘ramiz. Umid qilamanki, muammo iloji boricha yengilroq bo‘ladi,» – dedi Garsiya intervyuda.

9 noyabr, yakshanba kuni Xans-Diter Flik jamoasi La Liga doirasida «Selta»ga qarshi maydonga tushadi. «Ko‘k-anorranglilar» Chempionlar ligasidagi navbatdagi o‘yinini 25 noyabr kuni Angliyada o‘tkazadi – raqib «Chelsi» bo‘ladi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter