Keyn: «Bu tempni saqlab qolishimiz kerak»

Germaniya kubogi 1/16 final bosqichida «Bavariya» safarda «Kyoln»ni 4:1 hisobida bemalol mag‘lub etdi.

Mehmonlar safida ikki gol urgan Xarri Keyn jamoasining g‘alabasi haqida shunday dedi:

«Birinchi yarim soat biz uchun qiyin bo‘ldi. Raqibimiz hisobni ochdi, ammo biz tezda reaksiya ko‘rsatdik.

Tanaffusdan oldin o‘yinni nazorat qilish muhim edi. Ikkinchi bo‘limda o‘z o‘yinimizni ko‘rsatdik. «Bavariya» hozir ajoyib o‘ynamoqda va biz bu tempni saqlab qolishimiz kerak», – dedi Keyn.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter