«Yuventus»da aniq o‘yin modeli yo‘q
«Yuventus»da murabbiy o‘zgarishi mumkinligi haqidagi gap-so‘zlar avj olishda davom etmoqda.
Bir nechta manbalarga ko‘ra, klub rahbariyati Igor Tudorni iste’foga chiqarish haqida jiddiy o‘ylamoqda va hozirdanoq uning o‘rniga o‘rinbosar qidirmoqda.
Insayder Nikolo Skiraning so‘zlariga ko‘ra, bosh direktor Damen Komolli jamoada aniq o‘yin modeli yo‘qligidan norozi va xorvatiyalik murabbiyni hozirgi ro‘yxatdan unumli foydalana olmayapti, deb hisoblaydi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/