Lyuis: «Odamlar uning qanchalik zo‘r ekanligini unutishadi»
«Manchester Siti» futbolchisi Riko Lyuis Chempionlar ligasi doirasida «Vilyarreal»ga qarshi o‘yinda (2:0) jamoadoshi Bernardu Silvaning o‘yinini yuqori baholadi.
31 yoshli portugaliyalik futbolchi 40-daqiqada ispaniyaliklar darvozasiga gol urib, g‘alabani ta’minladi.
«Odamlar uning qanchalik zo‘r ekanligini unutishadi, lekin u buni bugun ko‘rsatdi. Bernardu boshqalardan ko‘ra ko‘proq yugurdi, gol urdi.
U hamma narsaga qodir. U bilan o‘ynash haqiqiy zavq beradi», – dedi Lyuis o‘yindan keyingi intervyusida.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/