Aguero: «Hamma Messining abadiy o‘ynashini xohlaydi, ammo…»

Argentina terma jamoasining sobiq futbolchisi Serxio Aguero Lionel Messining keyingi jahon chempionatida ishtirok etishi haqidagi savolga javob berdi.

«Menimcha, hamma Leoning abadiy o‘ynashini istaydi, shunday emasmi? Ammo qaror uniki – vaqti kelganda o‘zi qaror qabul qiladi,» – dedi Aguero Stake’ga.

2026 yilgi jahon chempionatida Argentina terma jamoasi sovrinni himoya qiladi.

O‘tgan jahon chempionati finalida Lionel Skalonining jamoasi Fransiyani 3:3 hisobidagi durangdan so‘ng 11 metrlik zarbalar seriyasida mag‘lub etgan edi.

Dekabr oyida jahon chempionati guruh bosqichining qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tadi. Biroq, o‘sha paytga kelib turnirning barcha ishtirokchilari hali aniqlanmagan bo‘ladi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter