Feliks Saudiya chempionati to‘purarlar poygasida Ronaldudan o‘zib ketdi
«An-Nasr» hujumchisi Joau Felish Saudiya Arabistoni chempionati 5-turidan o‘rin olgan «Al-Fateh»ga (5:1) qarshi o‘yinda xet-trik qayd etdi.
25 yoshli portugaliyalik o‘yinning 13, 68 va 79-daqiqalarida raqib darvozasini ishg‘ol qildi. Mezbonlar safida Krishtianu Ronaldu va Kingsli Koman bittadan gol urdi. Feliksning hisobida Saudiya Arabistoni chempionatining joriy mavsumida sakkizta gol bor – u to‘purarlar poygasida ishonchli yetakchilik qilmoqda va jamoadoshi va hamyurti Ronalduni (beshta) ortda qoldirmoqda. Uchinchi pog‘onani Joshua King, Ayven Toni va Markos Leonardo 4tadan gol bilan bo‘lishib turibdi.
Joau Feliks «An-Nasr»ga o‘tgan yozda Londonning «Chelsi» klubidan ko‘chib o‘tgan edi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/