Yarim himoyachi Merino Ispaniya MTJ safida goleadorga aylandi
Londonning «Arsenal» klubi yarim himoyachisi Mikel Merino Ispaniya terma jamoasidagi so‘nggi o‘yinlarida juda sermahsul harakat qilmoqda.
JCH-2026 saralashi doirasida Bolgariyaga qarshi kechgan bugungi bahsda 29 yoshli futbolchi 35 va 57-daqiqalarda raqib darvozasini ishg‘ol qildi. Xavbekning hisobida «qizil furiya» uchun so‘nggi to‘rtta o‘yinda oltita gol bor – oldingi 35 ta o‘yinning barchasidan (to‘rtta) ko‘proq.
Umuman olganda, Mikel Merino Ispaniya terma jamoasi safida 39 o‘yinda o‘nta gol urgan. Uning debyuti 2020 yil sentyabr oyida bo‘lib o‘tdi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/