«Real» ikki nafar tarbiyalanuvchisini ortga qaytarmoqchi

Madridning «Real» klubi o‘z akademiyasining ikki sobiq futbolchisini jamoaga qaytarishni rejalashtirmoqda. Gap «Komo» yarim himoyachisi Nikolas Pas va «Shtutgart» yarim himoyachisi Chema Andres haqida ketmoqda.

«Qaymoqranglilar» rahbariyati himoyachi Orelyen Tchuameniga munosib o‘rinbosar yo‘qligidan xavotirda. Klub yosh futbolchilarni qayta sotib olish variantini ko‘rib chiqmoqda.

21 yoshli Nikolas Pas A Seriya joriy mavsumida «Komo» safida 6 ta o‘yinda maydonga tushdi va 3 ta gol hamda 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Yozda 3 mln yevro evaziga «Shtutgart»ga o‘tgan 20 yoshli Chema Andres barcha turnirlarda yettita o‘yin o‘tkazib, gol+pas tizimida «1+1» ko‘rsatkichini qayd etdi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter