Arda Gyuler mavsum boshidan buyon 11 ta golda ishtirok etdi
Madridning «Real» klubi yarim himoyachisi Arda Gyuler Turkiya terma jamoasi safida yorqin o‘yin o‘tkazdi.
20 yoshli futbolchi milliy jamoasiga Bolgariya ustidan yirik hisobda g‘alaba qozonishga yordam berdi (6:1), gol va ikkita assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi. «Qaymoqranglilar» yulduzining hisobida joriy mavsum boshidan beri klub va terma jamoa uchun 11 ta samarali harakat (to‘rtta gol va yettita golli uzatma) bor.
Umuman olganda, Arda Gyuler Turkiya terma jamoasi safida 24 ta o‘yinda 6 ta gol va shuncha golli uzatmani amalga oshirgan. Futbolchining debyuti 2022 yilning noyabrida bo‘lib o‘tgan.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/