«Inter» himoyachisi A Seriyada eng ko‘p golli vaziyat yaratgan futbolchi bo‘lib turibdi
Milanning «Inter» klubi himoyachisi Federiko Dimarko A Seriya joriy mavsumida eng ko‘p golli vaziyat yaratgan futbolchilar reytingini boshqarmoqda. Uning hisobida 11 ta vaziyat bor. Bu haqda Squawka xabar berdi.
2-o‘rinni 7 imkoniyat bilan «Komo» yarim himoyachisi Nikolas Pas egallagan bo‘lsa, kuchli uchlikni «Inter»ning yana bir vakili Lautaro Martines (5) yakunlab bergan.
Shuningdek, top-10dan Yoan Bonni («Inter»), Kristian Pulishich («Milan»), Valentin Kastelyanos («Lasio»), Kenan Yildiz («Yuventus») – 4 tadan, Nikolo Kambyagi («Bolonya»), Matteo Politano («Napoli») – 3 tadan, David Neres («Napoli») – 2 tadan joy oldi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/