Tuxel Palmer JCH-2026’ni o‘tkazib yuborishi mumkinligini aytdi

Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Tomas Tuxel hujumkor yarim himoyachi Koul Palmer haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Bu yil u faqat iyun oyidagi yig‘inda qatnashdi. Albatta, bu xavotir uyg‘otadi. Eng muhimi, u og‘riqsiz o‘ynay olishi kerak, chunki chov jarohati juda xavfli va u osongina surunkali shaklga o‘tishi mumkin.

Palmer sog‘lom bo‘lsa, klubda ham, terma jamoada ham o‘yinlar taqdirini hal qila oladi. Biz buni juda yaxshi bilamiz. O‘rtamizda hech qanday muammo yo‘q – biz uning salohiyati va sifatini ko‘rib turibmiz. Ammo haqiqatga tik qaraydigan bo‘lsak: u so‘nggi yettita yig‘inning beshtasida ishtirok eta olmadi, jahon chempionatiga esa atigi ikkita yig‘in qoldi,» – dedi Tuxel jurnalistlarga.

Oktyabr oyida Angliya terma jamoasi Uels (o‘rtoqlik o‘yini, 9 oktyabr) va Latviyaga (JCH-2026 saralashi, 14 oktyabr) qarshi bahs olib boradi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter