Maguayr «Manchester Yunayted»da qolishni istaydi, ammo bir nyuans bor
«Manchester Yunayted» himoyachisi Xarri Maguayr shartnomasi yakunlangach, klubni tark etishni rejalashtirmayapti. Bu haqda talkSPORT xabar bermoqda.
Ta’kidlanishicha, 32 yoshli futbolchi «Manchester Yunayted»da qolishni istamoqda, ammo buning uchun u katta ehtimol bilan shartnomani uzaytirish uchun maoshining sezilarli darajada pasayishiga rozi bo‘lishi kerak. Manbaga ko‘ra, ayni damda Maguayr yiliga 11 million yevrodan ko‘proq maosh oladi.
Joriy mavsumda Maguayr barcha musobaqalarda yettita o‘yinda maydonga tushib, bitta gol va bitta assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.
Himoyachining «qizil iblislar» bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2026 yilning iyunigacha mo‘ljallangan.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/