«An-Nasr» murabbiyi: «Ronaldu har jihatdan o‘ziga xos»

«An-Nasr» bosh murabbiyi Jorje Jezush hujumchi Krishtianu Ronaldu haqida fikr bildirdi.

40 yoshli futbolchi joriy mavsumda oltita o‘yinda beshta gol urib, ajoyib sermahsullik ko‘rsatishda davom etmoqda.

«Ronaldu har jihatdan o‘ziga xos. Bu faqat uning futbolchilik sifatlariga taalluqli emas. Shunchaki uning yonida bo‘lganingda, uning kimligini darhol tushunasan,» – deya joriy yilning iyul oyida Saudiya Arabistoni klubida bosh murabbiy lavozimini egallagan Jezusning so‘zlarini keltiradi Al Nassr Zone.

Krishtianu Ronalduning «An-Nasr» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yarmigacha mo‘ljallangan. Fevral oyida yulduz hujumchi 41 yoshga to‘ladi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter