Avtosportchilarimiz “Asia Pacific Motorsport Championship-2025”da sovrindor bo‘ldi

Shri-Lankadagi Bandaragama karting trassasida avtosport bo‘yicha o‘tkazilgan “Asia Pacific Motorsport Championship-2025” musobaqasida mamlakatimiz vakillari 2 ta bronza medaliga ega chiqdi.

18 ta davlatning 200 nafardan ortiq avtosportchilari ishtirokida 5 ta yo‘nalishda o‘tgan bahslarda O‘zbekiston terma jamoasi a’zolaridan Vladislav Kim karting slalom bahsida, Li Senman va Amir Hamroyev juftlik musobaqalarida bronza medallariga musharraf bo‘ldi.

Shuningdek, nufuzli musobaqada ilk bor ishtirok etgan yosh sportchimiz Farrux O‘runov kuchlilar bilan kechgan bahsda 4-o‘rinni egalladi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter