Myuller Kroosni ortda qoldirib, nemis futboli tarixidagi eng sovrindor futbolchiga aylandi

Tomas Myuller tarixdagi eng sovrindor nemis futbolchisiga aylandi.

«Bavariya»ning sobiq hujumkor yarim himoyachisi faoliyatidagi 35-sovrinni qo‘lga kiritdi.

U yozda ko‘chib o‘tgan «Vankuver Uaytkeps» futbol bo‘yicha Kanada chempionati finalida «Vankuver»ni mag‘lub etdi (4:2). Myuller 10-daqiqada penaltidan unumli foydalandi.

Ushbu g‘alaba MLS klubiga keyingi mavsumda KONKAKAF Chempionlar Kubogida ishtirok etish huquqini beradi.

O‘tgan mavsumda «Bavariya» bilan Bundesliga chempionligini qo‘lga kiritgan Myuller, nemis futbolchilari orasida eng ko‘p sovrin sohibi bo‘lish bo‘yicha Toni Kroos bilan tenglashgan edi – 34 ta. Endi esa u mutlaq rekordchi bo‘lib oldi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter