«Liverpul» futbolchisi operasiya qilindi
«Liverpul»ning 18 yoshli himoyachisi Jovanni Leonining jarohatlangan tizzasida jarrohlik amaliyoti o‘tkazildi. Bu haqda italiyalik futbolchi o‘z ijtimoiy tarmoqlari orqali ma’lum qildi.
«Operasiya yakunlandi. Qo‘llab-quvvatlaganingiz uchun barchangizga tashakkur. Tez orada qaytaman,» – deyiladi futbolchining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Eslatib o‘tamiz, Leoni «Sautgempton»ga (2:1) qarshi kechgan kubok bahsida jarohat olgan edi.
Himoyachi yozgi transferlar vaqtida tumanli «Albion»ga ko‘chib o‘tdi. Jovanni mersisaydliklarga 35 million yevroga tushgan. U 2031 yil iyun oyi oxirigacha shartnoma imzoladi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/