Obi Mikel: «Maynuning o‘yinidan qoniqish hosil qilmadim»
Jon Obi Mikel Kobbi Maynuning o‘yinidan norozi edi.
«Manchester Yunayted» yarim himoyachisi APL doirasida «Brentford»ga qarshi o‘yinda (1:3) 66-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi.
«Kobbi Maynuga nima bo‘ldi? Men uning o‘yinidan qoniqish hosil qilmadim.
Men uning o‘rinbosar sifatida maydonga tushganini ko‘rdim. Uning ilgari qanday o‘ynaganini eslang.
Ikkinchi yoki uchinchi gollarda u aybdor edi. U qiynalayotgan ko‘rinardi. U nima qilayotganini bilmaganga o‘xshardi.
Agar murabbiy sizga ishonmasa, shunday bo‘ladi», – dedi «Chelsi»ning sobiq yarim himoyachisi Jon Obi Mikel.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/