Xulian Alvaresning «Barselona»ga o‘tish bo‘yicha pozisiyasi ma’lum

Madridning «Atletiko» klubi hujumchisi Xulian Alvares «Barselona»ning ehtimoliy transfer maqsadlaridan biri hisoblanadi.

Argentinalik yulduz so‘nggi mavsumni Kataloniya klubida o‘tkazayotgan Robert Levandovskining ehtimoliy vorisi sifatida tilga olinmoqda. El Nacional nashri tarqatgan xabarga ko‘ra «matraschilar» forvardining o‘zi ham kelasi yozda «Barselona»ga o‘tish imkoniyati tug‘ilsa, xursand bo‘ladi. «Ko‘k-anorranglilar» uchun o‘yinchining yuqori narxi muammo bo‘lishi mumkin.

Transfermarkt portali Xulian Alvaresning narxini 100 mln yevroga baholamoqda. 25 yoshli futbolchining «Atletiko» bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilning yarmigacha mo‘ljallangan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter