Pedri Busketsning futboldan ketish qaroriga munosabat bildirdi
«Barselona» yarim himoyachisi Pedri sobiq jamoadoshi Serxio Busketsning futboldan ketishi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.
Ayni paytda «Inter Mayami» sharafini himoya qilayotgan 37 yoshli xavbek faoliyatini shu yil oxirida yakunlashini e’lon qildi.
«Men bu lahza ertami-kechmi kelishini bilardim, lekin buni qabul qilish juda og‘ir. Faoliyatingizni yakunlayapsiz, lekin sizning merosingiz asrlarga qoladi. Ishonchim komilki, kelajakda ham yo‘llarimiz tutashadi. Yangi hayotdan zavqlaning. Men va oilam sizga eng yaxshi tilaklarni bildiramiz,» – deb yozdi Pedri ijtimoiy tarmoqda.
Serxio Buskets faoliyatining ko‘p qismini «Barselona»da o‘tkazgan va u yerda 700 dan ortiq o‘yinda ishtirok etgan.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/