«Atletiko» Madrid derbisidan avval ikki futbolchisini yo‘qotdi
Madridning «Atletiko» klubi «Real» bilan bo‘lajak derbida ikki nafar markaziy yarim himoyachisi xizmatlaridan foydalana olmaydi. Cadena Ser xabariga ko‘ra, Tyago Almada va Jonni Kardozo jarohatlari tufayli o‘yinni o‘tkazib yuboradi.
Eslatib o‘tamiz, «matraschilar» va «qirollik klubi» o‘rtasidagi bahs 27 sentyabr, shanba kuni bo‘lib o‘tadi.
Ispaniya chempionatining 6-turidan so‘ng «Real» 18 ochko jamg‘arib, peshqadamlik qilmoqda. «Matraschilar» to‘qqiz ochko bilan to‘qqizinchi o‘rinda joylashgan.
Derbi 27 sentyabr, shanba kuni bo‘lib o‘tadi, start hushtagi Toshkent vaqti bilan 19:15 da yangraydi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/