«Arsenal» mag‘lubiyatsiz seriya boshlab oldi

«Arsenal» qatorasiga 4ta o‘yinda yutqazmayapti.

Mikel Arteta murabbiyligidagi jamoa Angliya Liga kubogining 3-raundida safarda «Port Veyl»ni mag‘lub etdi (2:0).

Avvalroq, londonliklar «Nottingem Forest»ni yirik hisobda mag‘lub etgan (3:0), «Atletik»ni enggan (2:0) va «Manchester Siti» bilan durang o‘ynagan (1:1). Bu seriyadan oldin «Liverpul»dan mag‘lubiyat bo‘lgandi (0:1).

28 sentyabr kuni «Arsenal» APL doirasida «Nyukasl» mehmoni bo‘ladi, 1 oktyabr kuni esa Chempionlar ligasida «Olimpiakos»ni qabul qiladi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter