Vitinya «Oltin to‘p» uchun ovoz berishda 3-o‘rin haqida gapirdi
Vitinya «Oltin to‘p» uchun ovoz berish natijalariga izoh berdi.
«PSJ» yarimhimoyachisi France Football talqiniga ko‘ra mavsumning eng yaxshi futbolchilari ro‘yxatida 3-o‘rinni egalladi. Sovrinni uning jamoadoshi Usmon Dembele qo‘lga kiritdi.
«Dunyodagi eng yaxshilar orasida 3-o‘rin! Men uchun katta sharaf.
Sevimli oilam va ajoyib do‘stlarimning qo‘llab-quvvatlashi bilan har kuni sevimli ishim bilan shug‘ullanishdan baxtiyorman. Bu darajaga erishish aql bovar qilmaydigan narsa.
Mavsumning eng yaxshisi deb topilgan orzumizdagi jamoamizni tabriklayman va albatta dunyoning eng zo‘r futbolchisi bo‘lgan do‘stim Usmon Dembeleni tabriklayman!
Bu yilgidan ko‘ra ko‘proq muvaffaqiyatga erishish qiyinmi? Ha. Lekin men bundan ham ko‘prog‘ini xohlashni to‘xtatmoqchi emasman» – deb yozdi Vitinya.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/