Allegri «Milan» himoyasini qayta jonlantirdi
«Milan» qatorasiga ikkinchi yirik g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Italiya kubogida Massimiliano Allegri jamoasi «Lechche»ni 3:0 hisobida mag‘lub etdi. Shanba kuni «rossonerilar» A Seriya 4-turida «Udineze»ni tor-mor etishgandi – 3:0.
Bungacha «Bolonya» (1:0), «Lechche» (2:0) va «Bari» (2:0) mag‘lub etilgandi.
Milanliklarga yagona mag‘lubiyat 23 avgust kuni «Kremoneze»ga qarshi kechdi – 1:2.
28 sentyabr kuni «Milan» «Napoli» bilan, 5 oktyabr kuni «Yuventus» bilan kuch sinashadi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/