«Sassuolo» bosh murabbiyi: «Ayyorroq bo‘lishimiz kerak edi»
«Sassuolo» bosh murabbiyi Fabio Grosso A seriyaning 4-turida «Inter»dan uchralgan mag‘lubiyat haqida fikr bildirdi.
O‘yin yakshanba kuni bo‘lib o‘tgan va «neradzurrilar»ning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangandi.
«Agar hakam yakunda biroz aniqroq qaror qabul qilganida, biz yaxshiroq natijaga erishgan bo‘lardik.
Ammo o‘zimiz yechim topishimiz, ayyorroq bo‘lishimiz kerak edi. Biz juda kuchli raqibga qarshi xarakter ko‘rsatdik», dedi Grosso.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/