«Bavariya» Bundesliga yangi mavsumini dahshatli sermahsullik bilan boshladi va liga rekordini o‘rnatdi

«Bavariya» gol urish bo‘yicha Bundesliga rekordini o‘rnatdi.

Kecha myunxenliklar 4-turda «Xoffenxaym»ni (4:1) tor-mor etdi. Avvalgi o‘yinlarda Vensan Kompani jamoasi «Gamburg» (5:0), «Augsburg» (3:2) va «Leypsig»ni (6:0) mag‘lub etgandi.

Dastlabki 4 ta turda urilgan 18 ta gol Bundesliga uchun rekord natijadir.

«Bavariya»ning keyingi raqibi «Verder» bo‘ladi. Bahs 26 sentyabrga belgilangan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter