Arne Slot: «Virs shunchaki rassom emas»

«Liverpul» bosh murabbiyi Arne Slot yarim himoyachi Florian Virsning o‘yini haqida fikr bildirdi.

«Virsni rassom deb atash uning mohiyatini to‘liq ochib bermaydi. U rassom, lekin shu bilan birga «shafqatsiz» ham bo‘la oladi – aks holda u bunday yuqori darajaga erisha olmasdi. U yanada takomillashish uchun juda qattiq mehnat qiladi. Unga xos bo‘lgan bu xususiyatni to‘pni yo‘qotganida kuzatishingiz mumkin. U muvaffaqiyatsizlikka uchragan paytda hech qachon o‘zini olib qochmaydi», – deya Slotning so‘zlarini ingliz ommaviy axborot vositalari keltirmoqda.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter