Rodrigo: «Mbappe bilan o‘ynash katta zavq beradi»

«Real» vingeri Rodrigo Kilian Mbappe bilan hujumkor hamkorligi haqidagi savolga javob berdi.

Braziliyalik va fransuz seshanba kuni «Marsel»ga qarshi Chempionlar ligasi o‘yinida «Los Blankos» safida maydonga tushishdi.

«Men har doim aytganman, Kilian bilan o‘ynash katta zavq beradi. Biz yaxshi munosabatda bo‘lamiz va men u bilan har doim, hatto mashg‘ulotlarda ham kelishib o‘ynayman.

Mbappe ajoyib formada – umid qilamanki, u shunday davom etadi», – dedi Rodrigo.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter