Valverde – «Real»ning «Marsel» bilan o‘yinidagi hakamlik haqida: «Hech narsa aytishni istamayman»
Madridning «Real» klubi yarim himoyachisi Federiko Valverde Chempionlar ligasi doirasidagi «Marsel»ga (2:1) qarshi o‘yindan so‘ng intervyu berdi.
«Hakamning bahsli qarorlari? Men hech narsa demoqchi emasman. Biz hali ham his-tuyg‘ularga to‘lib-toshganmiz va agar hozir izoh berishni boshlasam, muammolarga duch kelishim mumkin. Hakamlar haqida gapirishni yoqtirmayman – keling, yaxshisi, jamoa o‘yini haqida gaplashaylik,» – deya Valverdening so‘zlarini keltiradi Madrid Zone.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/