Xavyer Tebas: «Real»ning fikricha, barchasiga La Liga aybdor»
Hafta boshida «Real» mashg‘ulotlarini doping-testlar tufayli 1 soatga kechiktirishga to‘g‘ri keldi. Matbuotda Madrid klubida La Ligani tayyorgarlik jadvalini buzganlikda ayblashgani haqida yozishdi. Bu borada La Liga rahbari lavozimida ishlab kelayotgan Xavyer Tebas izoh berdi.
«Bizda bunday vakolat yo‘q va hech qachon bo‘lmagan. Ularning aytishicha, barchasiga La Liga aybdor, ammo biz bunga ta’sir o‘tkaza olmaymiz», – deya Tebasning so‘zlarini keltiradi ispan OAV.
Seshanba kuni «Real» Chempionlar ligasining yangi mavsumini boshlaydi. Umumiy bosqichning dastlabki turida Xabi Alonso jamoasi «Marsel»ni qabul qiladi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/