Levandovski: «Ilgari baqirib motivasiya berish mumkin edi»
Ispaniyaning «Barselona» klubi 37 yoshli forvardi Robert Levandovski yosh futbolchilar bilan hamkorlikdagi ishlarga izoh berdi.
«Ilgari baqirish hammani rag‘batlantirish usuli edi. Endi ko‘p baqirib yuborsangiz, yosh avlod boshqacha munosabatda bo‘ladi. Ular o‘zlariga baqirganlarni yoqtirmaydilar. Bunga ko‘nikishim, ko‘proq psixologik jihatlarni hisobga olishim kerak edi,» – deya futbolchining so‘zlarini keltiradi The Times.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/