«Bavariya» himoya yetakchisi bilan shartnomani uzaytirishni istaydi

Myunxenning «Bavariya» klubi sport direktori Kristof Froynd fransuz himoyachisi Dayo Upamekano bilan shartnomani uzaytirishdan umidvor ekanini bildirdi.

Ayni paytda futbolchining amaldagi shartnomasi 2026 yil 30 iyunda o‘z nihoyasiga yetadi. Klub uni uzaytirish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda.

«Upa — ajoyib o‘yinchi va yarqin shaxsiyat egasi. U «Bavariya»da unga nima kerakligini yaxshi biladi. Albatta, biz uzoq muddatli hamkorlikka umid qilamiz», — deya Froyndning so‘zlarini Sky Sports keltiradi.

Froynd qo‘shimcha qilib, klub muzokaralar uchun aniq muddat belgilamaganini ta’kidladi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter