Yamal «Barselona»ning Chempionlar Ligasidagi beshta asosiy raqobatchisini aytdi
«Barselona» futbolchisi Lamin Yamal Chempionlar ligasi g‘olibligi uchun kurashda jamoasining asosiy raqobatchilarini sanab o‘tdi.
Eng nufuzli yevrokubokning o‘tgan mavsumida «ko‘k-anorranglilar» yarim finalga qadar yetib borib, Milanning «Inter» klubiga imkoniyatni boy berib qo‘ygan edi. Finalda «neradzurrilar» «PSJ»ga yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi – 0:5.
«Chempionlar Ligasidagi asosiy raqobatchilarimiz? «Manchester Siti», «Liverpul», «Real», «Bavariya» va «PSJ». Ular har doim g‘oliblikka da’vogarlar qatorida,» – dedi Lamin Yamal «Mundo Deportivo» nashriga bergan intervyusida.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/