«Arsenal»ning jarohatdagi ikki futbolchisi safga qaytdi

Himoyachi Ben Uayt va yarim himoyachi Kristian Nyorgor yana «Arsenal» asosiy jamoasi bilan mashg‘ulot o‘tkazmoqda, deb yozadi Sky Sports. Tarkibda hamon jarohat olgan vinger Bukayo Saka va himoyachi Vilyam Saliba yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, Uayt birinchi turda «Manchester Yunayted»ga qarshi o‘yinda (1:0) jarohat olgandi, Nyorgor esa «Arsenal» safida joriy mavsumdagi rasmiy o‘yinlarda hali maydonga tushmagan.

Shuningdek, «Arsenal» lazaretida hujumchilar Kay Xavers va Gabriel Jezus ham bor, ammo bu futbolchilarning tizzasidan olgan og‘ir jarohatlari bor va ularning yaqin oylarda safga qaytishi dargumon.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter