«Arsenal» «Bavariya»ning Martinelli bo‘yicha taklifini rad etgan
Myunxenning «Bavariya» klubi yozgi transfer oynasida «Arsenal» vingeri Gabriel Martinelli bilan shartnoma imzolashga harakat qilib ko‘rgan. Bu haqda Fabrisio Romano xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, nemis grandi londonliklarga 30-35 million yevro taklif qilgan. «Arsenal»ga bu taklif umuman yoqmagan va u rad etilgan.
«Bavariya» chap qanot vingeri pozisiyasiga oxir-oqibat «Liverpul»dan Luis Diasni sotib oldi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/