Shakiri o‘zi bilan birga o‘ynagan eng kuchli futbolchini tanladi

Shveysariyalik yulduz futbolchi Jerdan Shakiri futbolchilik faoliyatidagi eng yaxshi jamoadoshini e’tirof etdi.

«Kimnidir ajratib ko‘rsatish men uchun og‘ir. Kuchli o‘yinchilar juda ko‘p edi. Agar tanlashim shart bo‘lsa, unda Frank Riberini tanlayman. U birinchi mashg‘ulotdayoq menda katta taassurot qoldirdi. Uning fintlari va yuqori saviyasi futbol maydonida darhol ko‘zga tashlanardi,» – deya 33 yoshli shveysariyalikning so‘zlarini keltiradi Gazzetta dello Sport.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter