Braziliya terma jamoasi 16 yil ichida birinchi marta Boliviyaga yutqazdi

Braziliya terma jamoasi jahon chempionati saralash bosqichi so‘nggi turida Boliviya terma jamoasiga mag‘lub bo‘ldi (0:1).

Birinchi bo‘lim so‘ngida yagona gol Migelito tomonidan penaltidan kiritildi. Braziliyaliklar uchun bu Boliviyaga qarshi so‘nggi 16 yildagi ilk mag‘lubiyatdir. 2009 yil oktyabr oyida «pentakampeonlar» safarda 1:2 hisobida mag‘lub bo‘lishgandi – bu ham JCH saralashida.

Braziliya terma jamoasi o‘z tarixidagi eng yomon saralash kampaniyasini o‘tkazdi, ammo so‘nggi tur oldidan bo‘lajak jahon chempionatida ishtirok etishni kafolatladi. Bugungi g‘alaba evaziga Boliviya yettinchi o‘rinni egalladi va qit’alararo final turniri yo‘llanmasi uchun kurash olib boradi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter