Nagelsmann: «Birlashsak, hammasi yaxshi bo‘ladi»
Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann Shimoliy Irlandiya bilan uyinning birinchi bo‘limidan so‘ng muxlislarning noroziligi haqida gapirdi.
«Biz buni tushunib olishimiz kerak. Muxlislar butunlay boshqacha o‘yin ko‘rishni xohlashadi. Men buni tushunaman.
Shu bilan birga, mening fikrimcha, bunday munosabat oldinga borishimizga unchalik yordam bermaydi.
O‘ylaymanki, biz birlashsak, hammasi yaxshi bo‘ladi. Biroq, takror aytaman, men hammasini tushunaman.
Payshanba kuni men o‘zim ham kiyinish xonasida jamoani deyarli so‘kib yubordim», – deydi Nagelsmann.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/