Adli “Ash-SHabab»ga o‘tsa, qancha maosh olishi ma’lum
«Milan» hujumkor yarim himoyachisi Yasin Adli faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirishga tayyor.
Futbolchi «Ash-SHabab» bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib oldi.
Qayd etilishicha, 25 yoshli fransiyalik xavbek BAA klubi bilan uch yillik bitim imzolashi kutilmoqda.
Adlining o‘zi esa mavsumiga 7 million yevro atrofida maosh oladi. Bu esa hozirgi ish haqidan kamida uch baravar ko‘p.
Eslatib o‘tamiz, Yasin o‘tgan mavsumni “Fiorentina” klubida o‘tkazgandi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/