De la Fuente: «Le Normandan juda xursandman»

Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuente Madridning “Atletiko” klubi markaziy himoyachisi Robin Le Normanning imkoniyatlarini yuqori baholadi.

28 yoshli futbolchi 2025 yilda “qizil furiya”ning asosiy tarkibida muntazam o‘yinchiga aylandi.

«Men Le Normandan juda xursandman. Menimcha, u Yevropaning eng yaxshi markaziy himoyachilaridan biri.

Men uni ajoyib futbolchi deb bilaman. U bizga kerakli narsani yarata oladi va doim mening ko‘rsatmalarimni bajaradi», – deya de la Fuentening so‘zlarini keltiradi La Colchoneria.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter