«Barselona» futbolchilari qancha maosh oladi? Capology ma’lumot berdi

Capology internet-portali Kataloniyaning «Barselona» klubi futbolchilarining yillik maoshlari haqida ma’lumot taqdim etdi.

Unga ko‘ra, «ko‘k-anorranglilar»ning polshalik hujumchisi Robert Levandovski soliqlardan tashqari yiliga 20,8 million yevro maosh bilan ro‘yxatda birinchi o‘rinni egalladi.

Boshqa futbolchilarning maoshi quyidagicha:

1. Robert Levandovski – 20,8 mln yevro (yillik)
2. Frenki De Yong – 19 mln yevro
3. Rafinya – 16,6 mln yevro
4. Mark-Andre ter Shtegen – 16,6 mln yevro
5. Lamin Yamal – 16,6 mln yevro
6. Jyul Kunde – 15,6 mln yevro
7. Markus Reshford – 14 mln yevro
8. Ronald Arauxo – 12,5 mln yevro
9. Dani Olmo – 12,5 mln yevro
10. Pedri – 12,5 mln yevro
11. Ferran Torres – 10 mln yevro
12. Gavi – 9,3 mln yevro
13. Andreas Kristensen – 9 mln yevro
14. Joan Garsiya – 6,2 mln yevro
15. Fermin Lopes – 4 mln yevro
16. Pau Kubarsi – 4 mln yevro
17. Voysex Shesni – 3 mln yevro
18. Alexandro Balde – 1,6 mln yevro
19. Mark Kasado – 520 ming yevro
20. Jerar Martin – 420 ming yevro
21. Mark Bernal – 320 ming yevro

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter